Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chimyon tog‘larida adashib qolgan uch kishi qutqarildi
Qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida fuqarolar Katta Chimyon tog‘ining dengiz sathidan 3000 metr balandlikdagi cho‘qqisidan topilgan.
Joriy yil 30 iyul kuni soat 20:20 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga bir fuqaro qo‘ng‘iroq qilib, uch nafar fuqaro Bo‘stonliq tumani Chimyon tog‘lariga dam olish maqsadida kelgani va yo‘ldan adashib qaytib tushmaganini ma’lum qilgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, qidiruv-qutqaruv ishlariga Chimyon otryadining alpinist qutqaruvchilari jalb qilingan.
Qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida, 31 iyul soat 01:22 da fuqarolar Katta Chimyon tog‘ining dengiz sathidan 3000 metr balandlikdagi cho‘qqisidan topilgan.
Ushbu fuqarolarning xavfsizligi ta’minlangan holda psixologik yordam ko‘rsatilib, tog‘ cho‘qqisidan erta tongda olib tushilgan va tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi tibbiy ko‘rsatilgan.

Fuqarolarga hech qanday tan jarohatlari yetmagan, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
17:00 / 08.04.2025
Chimyon dam olish hududida qor ko‘chkisi sodir bo‘ldi
15:52 / 27.02.2025
Xitoy tog‘larida adashgan sayyoh tish pastasi tufayli omon qoldi
10:55 / 10.01.2025
Tog‘li hududlarda turizm majmualarini tashkil etishga 500 mln dollar investitsiya jalb qilinadi
21:41 / 31.12.2024