Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmdagi bog‘chada 5 yoshli bola vafot etdi
Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi Toma mahallasida joylashgan 24-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchi vafot etdi. Maktabgacha ta’lim vazirligi rasmiy ma’lumot berdi.
Dastlabki o‘rganishga ko‘ra, ushbu tashkilotning 5 yoshli tarbiyalanuvchisi Sh.A. 2022 yil 3 avgust kuni tushlikdan keyin soat 12:20 larda o‘zini g‘alati tuta boshlagan. Holatni payqagan tarbiyachi zudlik bilan hamshiraga xabar bergan. Hamshira birinchi yordam ko‘rsatgan.
Shundan so‘ng, Xonqa tumani tibbiyot birlashmasidan tez tibbiy yordam chaqirilgan hamda tarbiyalanuvchining ota-onasiga xabar yuborilgan.
Biroq, tez tibbiy yordam xodimlarining urinishlariga qaramay bolaning o‘limi qayd etilgan.
Boshqarma ishchi guruhi va Xonqa tumani huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar bilan o‘tkazilgan surishtiruv davomida bolaning epilepsiya kasalligi borligi aniqlangan.
Holat bo‘yicha Xonqa tumani huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganishlar yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Bundan oldin Shahrisabzdagi bog‘chada bolalardan biri ko‘p qon yo‘qotishi oqibatida vafot etgandi.
Shuningdek, Namangandagi bog‘chada tilini chaynab yuborgan bola vafot etdi.
Mavzuga oid
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
19:54 / 23.05.2025
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi
17:29 / 23.05.2025
Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad portlab ketdi. Bir kishi halok bo‘ldi
21:35 / 22.05.2025