O‘zbekiston | 10:27 / 05.08.2022
1447
1 daqiqa o‘qiladi
Samarqandda haydovchi Damas mashinasiga 18 kishini mindirib harakatlandi
Yo‘lovchilarning bir qismi voyaga yetmagan bolalar bo‘lgan.
IIV YHXBB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 4 avgust kuni M-37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi xalqaro avtomobil yo‘lining Oqdaryo tumani hududidan o‘tuvchi 11-kilometrida xizmat olib borayotgan YPX xodimi tomonidan Damas mashinasi to‘xtatilgan.
YPX xodimi haydovchining hujjatlarini tekshirayotganda mashina salonida jami 18 nafar yo‘lovchilar bilan harakatlanib kelayotganligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan haydovchiga nisbatan Yo‘l harakati qoidalarining 159-bandi talabini buzganligi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Mavzuga oid
11:32 / 10.07.2024
Samarqandda boshqaruvni yo‘qotgan Nexia-3 kanalga qulab oqib ketdi
10:53 / 29.01.2024
Samarqanddagi poliklinikada yong‘in yuz berdi
16:29 / 06.11.2023
Samarqandda AQShga viza rasmiylashtirib berish evaziga 15 ming dollar olgan shaxslar ushlandi
08:44 / 04.06.2023