Toshkentda yangi qurilayotgan binoda yirik yong‘in sodir bo‘ldi
Yong‘in oqibatida bino tomi ichki qoplamasiga sintepon bilan ishlov berilgan qismining taxminan 900 kvadrat metr maydoni zararlangan.
Bugun, 9 avgust kuni soat 12:24 da Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Muqimiy ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan 4 qavatli binoda yong‘in sodir bo‘lgani bo‘yicha shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 12:30 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 12:43 da qurshab olingan va soat 12:50 da bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida binoning tomi ichki qoplamasiga sintepon bilan ishlov berilgan qismining taxminan 900 kvadrat metr maydoni yonib zararlangan.
Yong‘in oqibatida fuqarolarning tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.