O‘zbekiston | 07:36 / 11.08.2022
3178
1 daqiqa o‘qiladi

Chilonzorda sodir bo‘lgan yong‘in 6 ta ekipaj yordamida bartaraf etildi 

Toshkent shahar Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan yong‘in tafsilotlari ma’lum qilindi.

Kecha, 10 avgust kuni soat 19:37 da Chilonzor tumani, Beshyog‘och ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan 5 qavatli binoning 4-qavatida yong‘in sodir bo‘lgani bo‘yicha shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 19:42 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 20:30 da qurshab olingan va soat 20:39 da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari yo‘q.
  
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mavzuga oid