O‘zbekiston | 08:22 / 11.08.2022
2969
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdan hududlarga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganlar soni aytildi 

Toshkent shahridan eng ko‘p Qashqadaryo va Toshkent viloyatlariga ko‘chib ketishgan.

2022 yil yanvar-iyun oylarida Toshkent shahridan respublika boshqa hududiga doimiy yashash maqsadida ko‘chib ketganlar soni 4813 kishini tashkil etgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahridan ko‘chib ketish o‘tgan yil mos davri bilan solishtirilganda 80 kishiga (1,6 foizga) kamaygan.

Toshkent shahridan hududlarga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganlar soni quyidagicha:

  • Toshkent viloyati – 3611 kishi;
  • Qashqadaryo viloyati – 194 kishi;
  • Samarqand viloyati – 130 kishi;
  • Xorazm viloyati – 117 kishi;
  • Surxondaryo viloyati – 117 kishi;
  • Buxoro viloyati – 112 kishi; 
  • Navoiy viloyati – 88 kishi;
  • Qoraqalpog‘iston R. – 88 kishi; 
  • Jizzax viloyati – 82 kishi;
  • Farg‘ona viloyati – 82 kishi; 
  • Andijon viloyati – 76 kishi;
  • Sirdaryo viloyati – 70 kishi;
  • Namangan viloyati – 46 kishi.

Mavzuga oid