Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim fuqarolarga ID-karta uyiga borgan holda rasmiylashtirib beriladi
Vazirlar Mahkamasining “Aholiga migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish, avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish sohasidagi davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Ichki ishlar vazirligining quyidagi takliflari ma’qullanishi mumkin:
aholi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga identifikatsiyalovchi ID-kartani rasmiylashtirish va berish yuzasidan bo‘linmalarga murojaat kelib tushgan kundan o‘n ish kuni mobaynida murojaatchi doimiy yashash yoki turgan joyiga chiqish orqali ko‘rsatilgan xizmat uchun qo‘shimcha to‘lov undirilmagan holda sayyor davlat xizmatlarini ko‘rsatish;
qo‘shimcha to‘lov evaziga O‘zbekiston fuqarolariga, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga davlat xizmatlari yagona reyestrida belgilangan migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi davlat xizmatlarini doimiy yashash yoki turgan joyiga chiqish orqali planshet yoki kompyuterga o‘rnatilgan texnik qurilmalar yordamida davlat xizmatlarini ko‘rsatish;
fuqarolar doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyiga chiqqan holda avtotransport vositasini planshet orqali ko‘rikdan o‘tkazish, avtotransport vositasi hujjatlarini joyida o‘rganish hamda avtotransport vositasi ro‘yxatdan o‘tgani to‘g‘risidagi guvohnoma va ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqam belgilarini fuqaro yashash manziliga pochta orqali yoki xizmat ko‘rsatuvchi xodim borgan holda yetkazib berish.
Mavzuga oid
20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilmagan taksi haydovchilari jarimaga tortiladi
18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
17:55 / 23.05.2025
Rossiyada migrantlarning ayrim farzandlari rus tili imtihonidan ozod qilindi
16:53 / 23.05.2025