Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda sodir bo‘lgan YTHda yana mashina va haydovchi yonib ketdi
Bu Qashqadaryo viloyatida 15 kun ichida YTH tufayli mashina va odam yonib ketishi bilan bog‘liq ikkinchi hodisa hisoblanadi. 15 avgust kuni Muborak tumanida Spark va Gentra o‘zaro to‘qnashganda ham yong‘in kelib chiqqan va 8 kishi yonib ketgandi.
Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, bugun, 2022 yil 28 avgust kuni soat 13:40 larda 4R-79 Qarshi-Shahrisabz yo‘lining Qamashi tumani Qo‘shkapa mahallasidan o‘tgan 43-kilometrida ayanchli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Qarshi tomonga harakatlanayotgan Lacetti mashinasi haydovchisi Shahrisabz shahri tomondan kelayotgan Gentra’ning yo‘liga chiqib ketgan va bir-biriga urilgan.
Zarba oqibatida, Lacetti mashinasi va uning haydovchisi yonib ketgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Qamashi tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bu Qashqadaryo viloyatida 15 kun ichida YTH tufayli mashina va odam yonib ketishi bilan bog‘liq ikkinchi hodisa hisoblanadi. 15 avgust kuni Muborak tumanida Spark va Gentra o‘zaro to‘qnashganda ham yong‘in kelib chiqqan. Oqibatda har ikkala mashina va ularda bo‘lgan jami 8 kishi yonib ketgan.
Hodisalarning har ikkalasida o‘zaro to‘qnashgan mashinalardan biri qoidalarni buzgan holda quvib o‘tmoqchi bo‘lgan va ro‘paradan kelayotgan mashinaga urilgan.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi
23:40 / 14.03.2025