Testdan chetlashtirish holatlarining eng ko‘pi Qashqadaryoda kuzatildi
Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlari yakunlari bo‘yicha Davlat test markazi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: Kun.uz
Ma’lum qilinishicha, 2022-2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida 1,1 mlndan ziyod abituriyentdan 1 074 181 nafari ishtirok etdi, 72 563 nafari ishtirok etmagan.
Abituriyentlar 187 nafari hududga kirishda, 249 nafari test sinovi jarayonida tartib-qoidani buzgani sababli test sinovlaridan chetlashtirildi.
Chetlashtirish holatlari aksariyat qismi taqiqlangan vositalar, telefon va shpargalka olib kirish yoki olib kirishga urinish hamda abituriyent o‘rniga boshqa shaxslar kirishga urinishi bilan bog‘liq.
Test sinovi jarayonida chetlashtirish holatlarining 55 tasi — Qashqadaryo viloyati, 35 tasi — Samarqand viloyati, 33 tasi — Farg‘ona viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi.
Eng kam qoidabuzarlik holatlari Sirdaryo viloyati (2 ta) va Qoraqalpog‘istonda (4 ta) kuzatildi.
Mavzuga oid

20:21 / 12.03.2025
Qashqadaryoda 103 tup daraxt noqonuniy kesildi

05:29 / 11.03.2025
Qashqadaryodagi zapravkada ikkita sisterna yonib ketdi. Jarohat olganlar bor

18:58 / 03.03.2025
Qashqadaryoda Qizilsuv suv ombori ta’mirlash maqsadida quritildi

17:05 / 20.02.2025