Temiryo‘l idorasiga ishga olib kirib qo‘yish evaziga 3000 dollar talab qilgan shaxs ushlandi
Xorazmda ishga olib kirib qo‘yish evaziga 3000 AQSh dollari talab qilgan fuqaro qo‘lga olindi.
Joriy yil 30 avgust kuni Xorazm viloyati IIB Transportda XTB boshlig‘i nomiga S.S. ismli shaxs ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda IIV Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti.
U Urganch temiryo‘l tashkilotida ishlovchi «A» ismli shaxs o‘z mansabdor tanishlari orqali uni temiryo‘l idoralaridan biriga ishga kiritib qo‘yish evaziga 3000 AQSh dollar pul talab qilayotganini yozib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Arizaga asosan Xorazm viloyati IIB Transportda XTB JQB hamda Urganch TP xodimlari tomonidan tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida 1996 yilda tug‘ilgan, Xorazm viloyati Urganch tumanida yashovchi R.A. arizachi fuqaro S.S.dan oldindan kelishilgan 3000 AQSh dollar pullarni Urganch shahridagi «Javohir» choyxonasida olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:41 / 20.09.2024
Dashtobod temiryo‘l stansiyasi boshlig‘i pora olgan vaqtida ushlandi
20:50 / 17.09.2024
Rossiyalik bloger O‘zbekiston poyezdidagi sayohatni «haqiqiy sinov» deb ta’rifladi
16:21 / 16.09.2024
Ish va dam olish o‘rtasidagi muvozanat. Yevropaning qaysi davlatlari bu borada yetakchi?
07:12 / 14.09.2024