Namanganda Lacetti yo‘ldan chiqib ketib, YTH sodir etdi
Namangan viloyatida boshqaruvni yo‘qotgan mashina yo‘l chetiga chiqib ketib, yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, holat 4R-112 Farg‘ona halqa yo‘li avtomobil yo‘lining Chust—Pop yo‘nalishida sodir bo‘lgan. Lacetti avtomashinasini boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘ldan chiqib ketgan.
YTH oqibatida transport vositasi texnik shikastlangan.
Avtomashina ichida bo‘lgan haydovchi va ikki nafar yo‘lovchilarda tan jarohati aniqlanmagan.
«Hurmatli haydovchilar, yo‘llarda harakatlangan vaqtingizda hushyorlik va ziyraklikni oshiring. Charchoqni sezsangiz avtomashinangizni darhol to‘xtating va biroz mizg‘ib oling» — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
16:53
Namanganda 4 kishini Britaniyaga ishga yuborish evaziga 12 ming dollar olgan shaxs ushlandi
16:34 / 18.11.2024
“Manzil”: Dengiz sathidan 3000 metr balandlikdagi ko‘l – Arashan buloqqa sayohat
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
21:11 / 11.11.2024