Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shols Ukrainaga Leopard 2 tanklarini berishga rozi bo‘lmadi
Germaniyaning Krauss-Maffei Wegmann (KMW) kompaniyasi Kiyevga umumiy qiymati 1,55 mlrd yevrolik 100 dona Leopard 2A7 tanki hamda ularning ehtiyot qismlarini yuborishga tayyorligini bildirgandi.
Germaniya kansleri Olaf Shols Ukraina bosh vaziri Denis Shmigalning harbiy yordamni oshirish to‘g‘risidagi iltimosini rad etdi.
Xabar qilinishicha, Shmigalning Germaniyaga tashrifi davomida zamonaviy Leopard 2 tanklari borasida so‘z borgan.
Aprelda Germaniyaning Krauss-Maffei Wegmann (KMW) kompaniyasi Kiyevga umumiy qiymati 1,55 mlrd yevrolik 100 dona Leopard 2A7 tanki hamda ularning ehtiyot qismlarini yuborishga tayyorligini bildirgandi. Dastlabki tanklar shartnoma tuzilganidan 36 oy o‘tgach yetkazib berilishi mumkin edi. Mazkur taklif bosh vazirning iltimosi uchun asos bo‘ldi.
Biroq Germaniya kansleri eksport litsenziyasi ma’qullanishini rad etdi.
Ukraina bosh vaziri shuningdek, Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer hamda iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vaziri Svenya Shulse bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.
Shmigalning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev Germaniyaning IRIS-T havo hujumidan mudofaa tizimini olishni mo‘ljallamoqda.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
11:22 / 28.05.2025