Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangandagi gaz zapravkada Labo yonib ketdi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Go‘zaldagi gaz zapravkada mashina yonib ketibdi» sarlavhasi ostida xabar tarqalgandi. Namangan viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 10 sentabr kuni soat 17:22 da Namangan shahri Yangi Namangan tumani «Mingchinor» mahalla fuqarolar yig‘ini Kosonsoy ko‘chasida joylashgan AGTKSh hududida davlat raqami 50 M 382 UA bo‘lgan Labo Damas avtomobilida yong‘in sodir bo‘lgan.

Yong‘in Namangan shahri FVB 3-yong‘in qutqaruv qismi yong‘in qutqaruvchilari tomonidan bartaraf etildi.
Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi
17:17 / 22.05.2025