Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi
Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi xonadonlarning birida 10 sentabr kuni yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 16:51 da «O‘rikzor» MFYda joylashgan xonadonlarning birida yong‘in bo‘layotgani bo‘yicha xabar berilgan. Yong‘in qutqaruv texnikalari voqea joyiga soat 17:01 da yetib borgan hamda soat 17:25 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in sabab uyning 120 kvadrat metr maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan va olib borilgan tezkor harakatlar natijasida 300 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.
Yong‘inni o‘chirish uchun 4 ta maxsus ekipaj jalb qilingan. Yong‘in oqibatida kuygan yoki tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Ayni vaqtda yong‘inning kelib chiqish sabablari va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025