Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada 23 sotix yerni 15 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan tadbirkor ushlandi
Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida yer savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda «R.» xususiy firmasi rahbari N.Ch. korxonaga ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun Yozyovon tumani hududidan ajratilgan 23 sotix yer maydonini fuqaro M.ga 15 ming dollar evaziga uning nomiga rasmiylashtirib berishga kelishgani aniqlangan. U xizmati evaziga 10 ming dollari va 55 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
07:35 / 26.04.2025
Jizzaxda 40 sotix yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
19:52 / 24.04.2025
Farg‘onada 2 gektar yer maydonini 1 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
19:06 / 18.03.2025
Bo‘stonliqda 20 sotix yerni 230 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi
23:32 / 15.03.2025