Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Gruziya bilan chegarada safarbarlik punkti ochmoqchi
Rossiya hukumati Rossiya va Gruziya chegarasida harbiy ro‘yxatga olish va qabul qilish bo‘limining safarbarlik punktini joylashtirmoqchi. Bu yaqin vaqt ichida «Yuqori Lars» nazorat-o‘tkazish punktida amalga oshiriladi, deya ma’lum qildi Shimoliy Osetiya IIV.
Qayd etilishicha, respublika Ichki ishlar vazirligi rahbari «Yuqori Lars» nazorat-o‘tkazish punktida yig‘ilish o‘tkazgan, natijada «fuqarolarning chegaradan piyoda o‘tishiga ham ruxsat berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi», deyiladi xabarda.
Bu punkt orqali ko‘plab ruslar safarbarlikdan qochib, mamlakatni tark etishga harakat qilmoqda. Ichki ishlar vazirligi bayonotida ta’kidlanishicha, «Gruziya tomon harakatlanayotgan yengil avtomashinalar oqimi jiddiy ravishda oshib bormoqda» va «YPX hamda PPXning tun-u kun ishlayotgan naryadlari soni ko‘payishiga qaramay, nihoyatda keskin vaziyat saqlanib qolmoqda».
Bundan oldin Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Gruziya bilan chegaradosh Shimoliy Osetiyadagi «Yuqori Lars» chegara punktiga harbiy xizmatchilar bilan zirhli transportyor jo‘natgandi.
TASS agentligining xabar berishicha, 26 sentabr kuni tushdan keyin Rossiya va Gruziya chegarasida uch yarim mingga yaqin avtomobil to‘planib qolgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, tirbandlik 20 kilometrga cho‘zilgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin safarbarlik e’lon qilganidan keyin rossiyaliklar mamlakatni faol tark eta boshladi. Sayyohlar uchun ochiq bo‘lgan mamlakatlarga parvozlar uchun chiptalar deyarli to‘liq sotib bo‘lindi, quruqlik chegaralarida ko‘p kilometrlik tirbandliklar paydo bo‘ldi.
Meduza'ning prezident ma’muriyatiga yaqin manbalari 28 sentabr kuni erkaklar uchun chegarani kesib o‘tishga cheklovlar joriy etilishi mumkinligini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
16:44 / 16.04.2025
Ukrainada harbiy holat va safarbarlik 6 avgustgacha uzaytirildi
21:42 / 08.04.2025
“Yevropa va Osiyoning o‘rtasidamiz” – Gruziya parlamentining antig‘arbona qarashlarga ega raisi
22:15 / 25.01.2025
Ukraina armiyaga chaqiruv yoshini 18 ga tushirish bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirish kiritadi
20:26 / 05.01.2025