O‘zbekiston | 13:00 / 28.09.2022
1739
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda YeTTB boshqaruvchilar kengashi yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev YeTTB vitse-prezidenti Yurgen Rigterink boshchiligidagi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki delegatsiyasini qabul qildi.

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Uchrashuvda YeTTB bosh kotibi Koguchi Kazuxiko, Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston bo‘yicha YeTTB boshqaruvchi direktori Jujanna Xargitay va YeTTB O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbariyati ishtirok etdi.

Suhbat davomida so‘nggi ikki yil ichida YeTTB tomonidan kiritilgan mablag‘lar bo‘yicha mintaqa davlatlari orasida O‘zbekiston birinchi o‘rinda va 2021 yilda YeTTB tomonidan amalga oshirilgan investitsiyalar yo‘nalishlari beshligida ekani ta’kidlandi. 

Tomonlar YeTTBning 2018-2023 yillarga mo‘ljallangan mamlakatlar strategiyasining Yangi O‘zbekiston 2022-2026 yillar mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi bilan muvofiqligini qayd etdi. Strategiyada xususiy sektorni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, mintaqaviy va xalqaro hamkorlik va integratsiyani kengaytirish, ekologik toza energiya va resurs yechimlarini ilgari surish kabi yo‘nalishlar aks etgan.

Tomonlar xalqaro tadbirlarni, jumladan, 2023 yilda Samarqandda bo‘lib o‘tadigan YeTTB boshqaruvchilar kengashi yillik yig‘ilishini yuqori tashkiliy darajada o‘tkazishga tayyorgarlik masalalarini ham ko‘rib chiqdi. Tadbirlarni eng yuqori tashkiliy va mazmun jihatidan yuksak darajada o‘tkazish maqsadida YeTTB texnik missiyasi bilan yaqin hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid