Toshkentda ijaraga beriladigan kvartiralar narxi keskin oshdi
O‘zbekiston poytaxtida xonadonlar ijarasi narxi oshib borishda davom etmoqda.

Foto: Kun.uz
RBK ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada safarbarlik e’lon qilingan 21 sentabrdan so‘ng Gruziya va MDH mamlakatlarida ijaraga talab Rossiyaning onlayn saytlarida keskin oshgan.
«Ostrovka» ma’lumotlar bazasida talabning eng sezilarli o‘sishi (12-18 sentabr va 19-25 sentabrga nisbatan) Qozog‘iston, Armaniston va Qirg‘izistondagi uy-joylar uchun qayd etilgan - sakkiz baravar. Gruziyada turar joylarga talab besh barobar, O‘zbekistonda esa uch baravar oshgan.
«Ostrovka» foydalanuvchilari tomonidan 19 sentabrdan 25 sentabrgacha bo‘lgan bronlar soni bo‘yicha yaqin xorijdagi yetakchi yo‘nalishlar quyidagilar: Belarus, Qozog‘iston, Armaniston, O‘zbekiston, Gruziya va Qirg‘iziston.
«Potrebitel.uz» guruhida ham Toshkentda ijaraga beriladigan kvartiralarning narxlari o‘sishda davom etayotgani ta’kidlandi.
Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda ijaraga beriladigan kvartiralarning deyarli barcha egalari 2-3 oy muddatga oldindan to‘lov shartini qo‘ygan.
Toshkentda ikki xonali kvartira ijarasi narxi:
- Yugnakiy (Mirzo-Ulug‘bek tumani) - 400 AQSh dollari;
- Chilonzor tumanida - 500 AQSh dollari;
- «Xalqlar do‘stligi» saroyi yonida - 550 dollar;
- Markaziy univermag yonida (Mirobod tumani) - 600 dollar;
- Markaz-1 bo‘yicha - 800 dollar;
- «Olmazor Siti»da - 1200 dollar.
Kun.uz muxbirlari ham e’lonlarni tekshirib ko‘rdi. Narxlar - 500 dollardan 1000 dollargacha.
Eng arzon ikki xonali kvartira - oyiga 300 dollar, lekin u Toshkent markazidan uzoqda, 8-9-qavatda va qulayliklari ham haminqadar darajada (ta’mirlanmagan, yaqinida metro bekati, mebel, internet yo‘q va h.k.)
Mavzuga oid

19:04 / 09.04.2025
Toshkentning beshta tumanida issiqlik tarmoqlari gidravlik sinovdan o‘tkaziladi

18:07 / 09.04.2025
10 kunda 5 holat: Toshkentda liftda qamalib qolish ko‘paymoqda

16:55 / 08.04.2025
Poytaxtning Qorasaroy ko‘chasida daraxtlar ko‘chirilmoqda. Agrotexnik talablar buzilgan

14:09 / 08.04.2025