Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Qozog‘istondan 1,7 mln tonna bug‘doy sotib oldi
Qozog‘istondan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.
O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-avgust oylarida Qozog‘istondan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmi ma’lum qilindi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘rsatilgan davrda 1,7 mln tonna bug‘doy xarid qilingan.
Bundan tashqari, 250 ming tonna bug‘doy uni va 60 ming tonna arpa ham sotib olindi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan mahsulotlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- o‘simlik yog‘i – 54,1 ming tonna;
- makkajo‘xori – 33,7 ming tonna;
- margarin mahsulotlari – 32,1 ming tonna;
- kartoshka – 25,4 ming tonna;
- qoramol go‘shti – 11,6 ming tonna;
- sut mahsulotlari – 3,4 ming tonna;
- qandolat mahsulotlari – 1,7 ming tonna.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
08:50 / 22.05.2025