Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Jahon banki bilan sheriklikni yanada kengaytirish yo‘nalishlarini belgilab berdi
30 sentabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Jahon banki vitse-prezidenti Anna Berde boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Ushbu xalqaro moliyaviy institut bilan strategik sheriklikni yanada rivojlantirish, mamlakatdagi eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturini ilgari surish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish ko‘rib chiqildi.
Bank qishloq joylarda turmush darajasini yuksaltirish, davlat korxonalarini xususiylashtirish, qishloq xo‘jaligini transformatsiya qilish, iqtisodiyot energiya samaradorligini oshirish, ta’lim va sog‘liqni saqlashni modernizatsiyalash, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash kabi yo‘nalishlardagi yangilanishlarni jadallashtirish maqsadida ekspertlik va moliyaviy ko‘makni yanada kengaytirishga tayyor ekani ta’kidlandi.
Markaziy Osiyo barqarorligi va barqaror taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan strategik mintaqaviy loyihalarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasidagi sheriklikni muhim yo‘nalishlarda kengaytirish bo‘yicha yangilangan “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
17:24 / 21.05.2025
Jahon banki O‘zbekistonga 200 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratadi
09:55 / 21.05.2025
Jahon banki O‘zbekistonga 35 million dollar ajratdi
16:09 / 15.04.2025
Jahon banki Rog‘un GESini qayta tekshirmoqchi. Bunga ekspertlar fikri qanday?
16:36 / 10.04.2025