Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda o‘zaro mushtlashuv uyushtirgan ikki rossiyalik mamlakatdan chiqarib yuboriladi
Ularga nisbatan mayda bezorilik, jamoat joyida mast holatda yurish, osoyishtalikni buzish moddalari bilan ma’muriy bayonnomalar tuzilgan va 5 sutkaga qamoq jazosi tayinlangan.
Rossiyaning ikki fuqarosi Uralsk shahridagi tungi klub yonida mushtlashuv uyushtirgani sababli Qozog‘istondan chiqarib yuboriladi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, voqea 30 sentabr kuni sodir bo‘lgan. Politsiya xodimlari Uralsk shahridagi tungi klub yonida ikki erkak mushtlashayotganini ko‘rishgan.
Politsiyachilarning ma’lumot berishicha, Rossiya fuqarolari mast holatda bir-birlari bilan mushtlashishgan.
Ularga nisbatan mayda bezorilik, jamoat joyida mast holatda yurish, osoyishtalikni buzish moddalari bilan ma’muriy bayonnomalar tuzilgan va 5 sutkaga qamoq jazosi tayinlangan.
Uralsk shahri ixtisoslashgan ma’muriy sudi har ikki qoidabuzarni mamlakatdan chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror chiqargan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada safarbarlik e’lon qilinganidan so‘ng dastlabki uch kunda Uralsk shahriga deyarli 17 ming rossiyalik o‘tgan.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
08:50 / 22.05.2025