Jamiyat | 22:22 / 03.10.2022
17252
1 daqiqa o‘qiladi

Xalq ta’limi vazirligi boshlang‘ich sinflar darsliklari bo‘yicha o‘qituvchilarga murojaat bilan chiqdi 

Xalq ta’limi vazirligi Prezident administratsiyasi qoshidagi ishchi guruh ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy dasturlar, yangi o‘quv qo‘llanmalarini yaratish ishlarini boshlaganini ma’lum qildi. 

Vazirlik xabarida aytilishicha, hozirda birinchi sinfdan to ikkinchi sinfgacha bo‘lgan barcha o‘quv mahsulotlari aprobatsiya uchun tanlab olindi. 

“Hurmatli boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari! Agarda siz ushbu aprobatsiya ishlarida qatnashish istagida bo‘lsangiz talim2023.uz veb-sayti yoki @talim2023_bot telegram boti orqali ro‘yxatdan o‘tib, o‘zingiz haqingizda ma’lumot qoldirishingiz mumkin. Biz albatta siz bilan bog‘lanamiz va sizni ishchi guruhimizga taklif qilamiz. Yangi maktab dasturi va kitoblarini birgalikda yaratamiz!” deyiladi xabarda. 

Avvalroq Prezident administratsiyasi, Xalq ta’limi vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi va yana bir qator tashkilotlarning mas’ul vakillaridan iborat katta ishchi guruh tuzilishi haqida ma’lum qilingandi

Mavzuga oid