Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Toyota bilan Rossiyadagi zavodni ko‘chirib o‘tish bo‘yicha muzokara olib bormoqda
Sentyabr oxirlarida Rossiyadagi Toyota zavodi avtomobil ishlab chiqarishni to‘xtatishi ma’lum bo‘lgandi.
Qozog‘istondagi avtomobil ishlab chiqaruvchilar mamlakatda Toyota kompaniyasining yig‘uv zavodini ochish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Qozog‘iston sanoat va infratuzilmaviy rivojlanish vaziri Kairbek Uskenbayev ma’lum qildi.
«Toyota — mamlakatimizdagi eng ommalashgan brendlardan biri. Agar bunday imkoniyat bo‘lsa... bizning ishlab chiqaruvchilarimiz muzokaralar olib bormoqda», — dedi Uskenbayev Rossiyada Toyota zavodi yopilganidan so‘ng uning Qozog‘istonga ko‘chirilishi to‘g‘risidagi savolga javob berarkan.
Sentyabr oxirlarida Rossiyadagi Toyota zavodi avtomobil ishlab chiqarishni to‘xtatishi ma’lum bo‘lgandi. Leningrad oblastidagi Shushara sanoat hududida joylashgan zavod mart oyidan buyon ishlamayapti.
Bundan tashqari, Mazda kompaniyasi Rossiyada avtomobil ishlab chiqarishni butunlay to‘xtatish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini bildirgan.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
08:50 / 22.05.2025