Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga boradi
Ertaga, 7 oktyabr – RF prezidenti Vladimir Putin 70 yoshga to‘ladigan kunda Sankt-Peterburgda MDHning norasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 7 oktabr kuni Sankt-Peterburg shahrida o‘tkaziladigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining norasmiy sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.
O‘zbekiston prezidentining matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tadbir kun tartibiga muvofiq ko‘p tomonlama hamkorlik va mintaqaviy sheriklikning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqish ko‘zda tutilgan.
Avvalroq, Vladimir Putin O‘zbekiston Respublikasining «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025