Uy-joy shirkatlari 14 mlrd so‘mlik majburiy badal va kredit pullarini talon-toroj qilgan – inspeksiya

Mablag‘lar maqsadsiz sarflanishi va talon-torojliklar oqibatida 50 dan ortiq shirkatlar raislariga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Uy-joy fondi inspeksiyasi tomonidan joriy yilning sentabr oyiga qadar 1000 ga yaqin shirkatlar o‘rganilib, 135 ta shirkatlar tekshirildi. Natijada 14 mlrd so‘mlik majburiy badal va bank kreditlari talon-toroj qilingani yoki maqsadsiz sarflanganligi aniqlandi.
Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida inspeksiya boshlig‘i Azlar Sodiqov ma’lum qildi.
Sodiqovga ko‘ra, buning natijasida 50 dan ortiq shirkat raislariga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, 4 nafariga nisbatan qamoqqa olish choralari qo‘llangan.
Shuningdek, 15 ta shirkat tomonidan 309, 6 mln so‘m miqdordagi talon-toroj qilingan majburiy badal mablag‘lari qaytarilgan.
Avvalroq, Toshkentdagi uy-joy mulkdorlari shirkatlari joriy yilning mart oyida 1,6 mlrd so‘m, aprelda esa 3,5 mlrd so‘m mablag‘larni talon-toroj qilgani ma’lum bo‘lgan edi.
Mavzuga oid

09:14 / 05.04.2025
Elektr tarmoqlari korxonasi xodimi 1 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qildi

16:08 / 28.03.2025
«Toshshahartransxizmat»ning sobiq rahbari va 20 kishiga sud hukmi o‘qildi

11:53 / 10.03.2025
Ozodlikdan mahrum qilingan 20 ming kishi, 4 barobarga oshgan talon-torojlar – jinoyatchilik statistikasi

12:30 / 06.03.2025