Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga boradi
Davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov jurnalistlar bilan an’anaviy brifing o‘tkazdi. U prezidentning joriy haftadagi ish rejalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
“11 oktabr kuni davlat rahbari mamlakatimizga tashrif bilan kelgan Tatariston Respublikasi rahbari Rustam Minnixanovni qabul qiladi. Unda hududlararo hamkorlikni yangi mazmun va aniq loyihalar bilan yanada rivojlantirish hamda amalga oshirilayotgan hamkorlikdagi qo‘shma dasturlarni yanada jadallashtirish masalalarining muhokamasi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, 12-14 oktabr kunlari prezidentimiz Osiyoda hamkorlik va o‘zaro ishonch choralari bo‘yicha kengash yig‘ilishi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi hamda “Markaziy Osiyo – Rossiya” sammitida ishtirok etish uchun Qozog‘iston Respublikasiga tashrif buyuradi.
Tashrif kun tartibida xorijiy davlatlar, shu jumladan, Vetnam vitse-prezidenti Vo Txi An Suan, Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif va bir qator xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari hafta davomida prezidentning mamlakatimiz iqtisodiy va ijtimoiy rivojiga bag‘ishlangan qator muhokamalarni o‘tkazishlari rejalashtirilgan”, – deya ma’lumot berdi Sherzod Asadov OAV vakillari bilan o‘tkazilgan brifing chog‘ida.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
08:50 / 22.05.2025