Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshaning Adamed xalqaro kompaniyasi tomonidan Toshkent tibbiyot akademiyasida ta’lim sharoitlari o‘rganildi
Polshaning Adamed xalqaro kompaniyasi delegatsiyasi a’zolari Toshkent tibbiyot akademiyasiga tashrif buyurishdi.
12 oktyabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasida rektor A. Shodmonov va Adamed Kompaniyasi rahbari Silviya Berdzik bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, ilmiy-tadqiqot va farmakologiya sohasida ilmiy sinovlarni birgalikda tashkil etish, qo‘shma o‘quv markazi, simulyatsiya laboratoriyasi va dori vositalari ishlab chiqarish bo‘yicha o‘quv xonalarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Adamed kompaniyasi vakillari tomonidan akademiyada yaratilayotgan zamonaviy sharoitlar va talabalarga o‘qitishning innovatsion usullarini yuqori baholandi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, kompaniya onkologiya, neyropsixiatriya va diabetologiya uchun dori vositalarini ishlab chiqaradi. Hozirda kompaniya akademiyaning 10 nafarga yaqin iqtidorli talabalariga maxsus stipendiya ajratdi.
TTA axborot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
20:49 / 07.05.2025
Hindistonlik talaba Toshkent tibbiyot akademiyasidagi ta’limni rasvo deb atadi. Vazirlik rad etdi
20:07 / 13.03.2024
Toshkent tibbiyot akademiyasiga o‘qishga kiritishni va’da qilgan shaxs ushlandi
15:05 / 31.03.2023
Toshkent tibbiyot akademiyasiga xalqaro hamkorlik doirasida sun’iy nafas olish uskunalari sovg‘a qilindi
10:25 / 29.03.2023