Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy Osiyoda 20 million kishining kunlik daromadi 6,8 dollardan oshmaydi – Jahon banki
Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyoda 20 million kishi qashshoqlik chegarasidan pastda yashaydi.
“COVID-19 pandemiyasi davrida qashshoqlik tez sur’atlar bilan oshganiga qaramay, 2021-2022 yillarda ko‘rilgan chora-tadbirlar o‘z samarasini berdi. Iqtisodiy o‘sish davom etar ekan, 2022 yilda mintaqada qashshoqlik ham pasayadi”, dedi Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha katta iqtisodchisi Uilyam Zeyts.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyoda millionlab odamlar qashshoqlik chegarasidan pastda yashashmoqda.
“Mintaqada kunlik daromadi 3,65 dollarlik chegaradan kam bo‘lgan 5 million kishi yashaydi. Shuningdek, 20 million inson kuniga 6,85 dollardan pastroq daromad ko‘radi. Markaziy Osiyoda qashshoqlikni tugatishga erishilgani yo‘q, shunga qaramay, bu tendensiya joriy yilda ijobiy bo‘lishi kutilmoqda”, - deya qo‘shimcha qilgan Zeyts.
Ma’lumot uchun, Markaziy Osiyo mamlakatlari aholisining umumiy soni qariyb 77 million kishini tashkil etadi. Ularning 35,8 millioni O‘zbekistonda, 19,3 millioni Qozog‘istonda, 9,3 millioni Tojikistonda, 6,5 millioni Qirg‘izistonda, 6,1 millionga yaqini Turkmanistonda istiqomat qiladi.
Mavzuga oid
17:24 / 21.05.2025
Jahon banki O‘zbekistonga 200 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratadi
09:55 / 21.05.2025
Jahon banki O‘zbekistonga 35 million dollar ajratdi
16:09 / 15.04.2025
Jahon banki Rog‘un GESini qayta tekshirmoqchi. Bunga ekspertlar fikri qanday?
16:36 / 10.04.2025