Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Qozog‘istondan sotib olayotgan oziq-ovqat mahsulotlari aytildi
Qozog‘istondan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.
O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida Qozog‘istondan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmida bug‘doy yetakchilik qilyapti – 1,8 mln tonna.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlardan mos ravishda 280 ming tonna hamda 73 ming tonna import qilingan bug‘doy uni va arpa joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan mahsulotlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:
- o‘simlik yog‘i – 65 ming tonna;
- kartoshka – 49,6 ming tonna;
- margarin mahsulotlari – 37 ming tonna;
- makkajo‘xori – 33,7 ming tonna;
- qoramol go‘shti – 13,1 ming tonna;
- sut mahsulotlari – 3,7 ming tonna;
- qandolat mahsulotlari – 1,9 ming tonna;
- kakao va shokolad – 1,2 ming tonna.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
08:50 / 22.05.2025