Jahon | 14:50 / 02.11.2022
23197
7 daqiqa o‘qiladi

Xersonning huvillagan ko‘chalari, Donbassda janglar. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 251-kunidagi asosiy ma’lumotlar:

  • 1 noyabrga o‘tar kechasi rossiyalik harbiylar kamikadze dronlar bilan Poltava, Dnepr va Mikolayivga hujum qilgan, ukrain rasmiylariga ko‘ra Mikolayiv S-300 raketalari bilan ham o‘qqa tutilgan. Mikolayivda kuchli vayrongarchiliklar yuzaga kelgan, bir ayol halok bo‘lgan.
  • Vladimir Putin safarbarlik yakunlangani haqida alohida farmon imzolamaydi. Uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov yana bir bor qisman safarbarlik yakunlanganini ma’lum qildi.
  • RF mudofaa vaziri Sergey Shoygu 300 ming kishi safarbar qilingani, shundan 87 ming kishi allaqachon harbiy harakatlar maydoniga yuborilganini ma’lum qildi. «Novaya gazeta Yevropa» hisoblariga ko‘ra 21 sentabrdan buyon frontda va frontortida safarbar qilinganlarning 100 dan ortig‘i halok bo‘lgan — bu faqat rasman tasdiqlangan ma’lumotlar asosidagi hisob.
  • Rossiyada muddatli harbiy xizmat uchun kuzgi chaqiruv boshlandi, u 120 ming kishini qamrab oladi.
  • Deputat va senatorlar Davlat dumasiga safarbarlikka chaqiruvdan bo‘yin tovlaganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqishdi. Hukmron partiya safarbarlikdan qochganlarni 5 yilga qamashni taklif qilmoqda.
  • Britaniya razvedkasiga ko‘ra, Rossiya Belarusga MiG-31K qiruvchilari va «Kinjal» gipertovushli raketa majmualarini joylashtirgan bo‘lishi mumkin.

Quyida 1 noyabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Istilo ostidagi Xersonga ukrainlar kelishi kutilmoqda

Rus admirali Fyodor Ushakov byusti bo‘lgan postament. Oktyabr oyi oxirida Xersonning Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyati yodgorlikni Ukraina armiyasi zarbalaridan ehtiyotlash uchun shahardan olib ketgan. Rossiyaliklar Ushakovdan tashqari Aleksandr Suvorov haykali hamda Yekaterina davri arboblaridan bo‘lgan Grigoriy Potyomkinning qoldiqlarini ham Xersondan olib ketishgan.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
«Vybor sdelan. Xerson — Rossiya» (Tanlov qilindi. Xerson — Rossiya) shiori aks etgan bilbord fonidagi velosipedchi. Sentyabr oyi oxirida Xerson oblastining bosib olingan qismi, shuningdek Zaporijjya oblastining rossiyaliklar tomonidan egallangan qismi, «DXR» va «LXR»da Rossiya tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha referendumlar o‘tkazilgandi. Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyatga ko‘ra, Xerson oblastida ovoz berganlarning 87,05 foizi RF tarkibiga qo‘shilishni ma’qullagan.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Xersonning huvillagan ko‘chasi bo‘ylab ketayotgan ayol
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Xersonlik kishi yopiq bar oldidan o‘tmoqda.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Xersonning Rossiya tayinlagan ma’muriyati aholini paromda «evakuatsiya» qilmoqda. Xersonning rossiyaparast rasmiylari Ukraina qurolli kuchlari shaharga hujum qilishga tayyorlanayotganini aytishmoqda.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Xersonliklar Dneprning chap sohiliga, annexia qilingan Qrim yaqinidagi hududlarga olib ketilayotgan paromda keksa ayolni yupatayotgan kishi.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Xersondan «evakuatsiya» chog‘ida mushugini ko‘tarib olgan bola
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Donbass shimolidagi janglar

Severskning bombardimon qilingan ko‘chasida velosiped yetaklab ketayotgan ayol. Shahar urush boshidan buyon Ukraina kuchlari qo‘lida qolgan va doimiy ravishda rossiyalik harbiylar tomonidan o‘qqa tutiladi.
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Donetsk oblastidagi Svyatogorsk shahri ustida uchayotgan ukrain vertolyoti, iyun oyi boshidan buyon rossiyaliklar nazoratida qolgan shahar 12 sentabr kuni Ukraina qurolli kuchlari tomonidan ozod etilgan
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainlarning o‘ziyurar gaubitsasidan nishonga olingan hudud ko‘rinishi. Fotosurat Baxmut atrofida olingan — shahar uchun shiddatli janglar davom etmoqda. Amerikadagi Urushlarni tadqiq etish institutining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari Baxmutga hujumlarni muvaffaqiyat bilan qaytarmoqda va bu Rossiya armiyasini shaharga yurish sur’atini pasaytirishiga majbur qilmoqda.
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Baxmut atrofida ukrainlarning o‘ziyurar gaubitsasidan RF armiyasi pozitsiyalari o‘qqa tutilishi
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Raketa zarbasidan keyin Baxmut uzra ko‘tarilgan tutun
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA

Mikolayivda navbatdagi zarbalar oqibatlari

Ayol jasadini xarobalar ostidan olib chiqayotgan qutqaruvchilar. 1 noyabr kuni Rossiya qo‘shini Mikolayivni o‘qqa tutishdi. Shaharda o‘nlab binolar butkul yoki qisman shikastlangan, bir ayol halok bo‘lgan.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Araks nomidagi Birinchi Ukraina gimnaziyasida zarba oqibatlari
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Hannibal Hanschke / EPA / Scanpix / LETA
Mikolayivlik ayol zarbalardan shikastlangan kvartirasini tozalamoqda
Hannibal Hanschke / EPA / Scanpix / LETA
Vayron bo‘lgan maktabdagi sinfxona
Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA
Kompyuter texnikalari do‘koni devorida o‘q izlari qolgan Apple logotipi
Carl Court / Getty Images
Zarbalardan himoyalash maqsadida qum to‘ldirilgan qoplar bilan o‘rab qo‘yilgan yodgorlik atrofida shaxmat o‘ynayotgan mikolayivliklar.
Carl Court / Getty Images
Elektr energiyasini rejali o‘chirish chog‘ida Mikolayiv osmoni ko‘rinishi, Ukraina hukumati Rossiya qo‘shinlarining energetika infratuzilmalarini yoppasiga o‘qqa tutishi oqibatida shunday chora qo‘llashga majbur bo‘lmoqda. Hududlarda ma’lum vaqtga tok o‘chirish rossiyaliklar zarbalariga uchrayotgan Ukraina energiya tizimi yuklamaga dosh bera olishi uchun zarur.
Hannibal Hanschke / EPA / Scanpix / LETA

 

Mavzuga oid