Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda ota o‘g‘li bilan tunda nabirasining xonasiga kirgan 16 yoshli o‘smirni kaltakladi
Ma’lum bo‘lishicha, maktab o‘quvchisi yarim kechada o‘zi bilan «sevishib yurgan» qizning xonasiga yashirincha kirganida qizning bobosi uni ushlab olgan.
Bosh prokuratura matbuot kotibining Kun.uz’ga ma’lumot berishicha, 2006 yilda tug‘ilgan, Qamashi tumani XTB qarashli 22-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Elshod K. shu maktabning 8-sinfida o‘qiydigan voyaga yetmagan Ch.P. bilan o‘zaro telefon orqali ishqiy munosabatda gaplashib yurgan.
2022 yil 4 noyabr kuni 02:35 larda Elshod K. yoqtirgan qizi Ch.P. bilan ko‘rishish uchun uning uyiga borib, deraza orqali uning yotoqxonasiga kirgan. Shu payt voyaga yetmagan Ch.P.ning bobosi Panji N. uni nabirasining yotoqxonasida ushlab olgan. Shundan so‘ng Panji N. o‘g‘li Sherzod N. bilan Elshod K.ni urib tan jarohati yetkazishgan.
Shu kuni soat 04:00 larda voyaga yetmagan Elshod K. bosh miya yopiq shikasti, bosh miya chayqalishi, yuzining ko‘p sonli to‘qimalari lat yeyishi bilan Qamashi tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Hozirda holat yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Mazkur holat Qamashi tuman IIBning navbatchilik qismida ro‘yxatga olinib, dastlab tergovga qadar tekshiruv harakatlari tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan olib borilgan.
Qayd etilishicha, fuqaro Panji N. Xalq deputatlari Qamashi tuman kengashi deputati bo‘lgani sababli tergovga qadar tekshiruv harakatlarini davom ettirish uchun to‘plangan hujjatlar Qamashi tuman prokuraturasi ish yurituviga o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
09:12 / 02.02.2025
Qashqadaryoda oilani yarashtirishga borgan profilaktika inspektori pichoqlandi
23:04 / 13.09.2024
Qashqadaryoda sodir bo‘lgan YTHda maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi
13:15 / 26.06.2024
Qashqadaryoda YTH sodir etib odam o‘limiga sabab bo‘lgan Lacetti qochib ketdi
15:27 / 13.02.2024