Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sud-tibbiyot ekspertizalarini o‘tkazish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi
Sog‘liqni saqlash vazirligi sud-tibbiy ekspertiza muassasalarida sud-tibbiyot ekspertizalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.
Tegishli hujjat loyihasiga ko‘ra, iqtisodiy, fuqarolik va ma’muriy ish yuritilayotganda ishni sud muhokamasiga tayyorlash chog‘ida yoki sud muhokamasi jarayonida ekspertiza muassasasi tomonidan shartnoma asosida ishonch bildiruvchi shaxs roziligi bilan advokat so‘roviga ko‘ra ekspertiza o‘tkazilishi mumkin.
Ekspertiza muassasasi tomonidan Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlariga muvofiq o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan sud ekspertizasi turlari bo‘yicha tadqiqotlar ro‘yxatiga asosan shartnoma asosida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlariga muvofiq, tadqiqotlar o‘tkazilishi va uning natijalariga ko‘ra mutaxassis fikri berilishi mumkin.
Advokat so‘roviga ko‘ra sud ekspertizasini hamda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlariga asosan tadqiqotlarni o‘tkazish muddatlari ekspertiza muassasasi bilan tuziladigan shartnomada belgilanadi.
Advokat so‘roviga order ko‘chirma nusxasi, sud ekspertizasi advokat so‘roviga ko‘ra tayinlanganda esa o‘rganish obektlari va to‘laqonli ekspertiza o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan ish materiallari ham ilova qilinadi.
Mavzuga oid
12:02 / 24.05.2025
«Sizga achinaman, janoblar!» – Abdurahmon Tashanovning shu nomli posti kamsitish deb topildi
09:35 / 24.05.2025
Sud Trampning Harvardga xorijliklarni qabul qilishni taqiqlash qarorini blokladi
11:53 / 22.05.2025
Ayrim nizolarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi
09:31 / 21.05.2025