Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sallivan: AQSh Ukraina pozitsiyasini mustahkamlash uchun hamma narsani qiladi
Qo‘shma Shtatlar Ukrainaning jangovar harakatlarda qatnashish uchun qurolga ega bo‘lishini ta’minlashga harakat qilishda davom etadi. Bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jyeyk Sallivan ma’lum qildi.
«AQShning pozitsiyasi o‘zgarmaydi, u olti oy avvalgidek qolmoqda. Biz Ukrainaning jang maydonidagi pozitsiyasini mustahkamlash uchun qo‘limizdan kelgan hamma narsani qilamiz», dedi u prezident samolyoti bortida jurnalistlarga.
Jyeyk Sallivan prezident Jo Baydenga AQSh-ASeAN va G20 sammitlariga parvozda hamrohlik qilyapti.
Bir kun avval AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Ukrainaga 400 million dollarlik yangi qurollar partiyasini ajratishga ruxsat berganini e’lon qilgan edi.
U Hawk zenit tizimi uchun raketalar, Stinger raketalari bilan jihozlangan to‘rtta Avenger zenit-raketa majmuasi, HIMARS yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlari uchun qo‘shimcha o‘q-dorilar, 21 mingta 155 millimetrli artilleriya snaryadlari, 500 ta yuqori aniqlikdagi 155 millimetrli artilleriya snaryadlari, sovuq havo uchun uskunalar va boshqa harbiy texnikani o‘z ichiga oladi.
Pentagon press-relizida ta’kidlanganidek, AQShning Ukrainaga yangi yordam paketi 2021 yil avgustidan beri 25-yordam paketidir. Umuman olganda, Bayden boshqaruvi davri boshlanganidan beri Qo‘shma Shtatlar Kiyevga 19,3 milliard dollardan ortiq harbiy yordam ko‘rsatgan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025