Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Legionerlar darajani belgiladi, 3 himoyachi taktikasi yana o‘zini oqladi. O‘zbekiston ishonchli g‘alabaga erishgan derbidan fotoreportaj
15 yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston va Qozog‘iston milliy jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik bahsi bo‘lib o‘tdi.
Uzoq kutilgan derbi nomiga yarasha do‘stona ruhda o‘tdi. Qozog‘istondan ko‘plab muxlislar «Paxtakor» stadioniga tashrif buyurishdi, ammo mezbon jamoa ishqibozlari kutilganidan juda kam bo‘ldi.
Srechko Katanets ikkinchi bor 3-4-3 (himoyalanishda 5-4-1) sxemasini tanladi. Jamoa bungacha Kamerunga (2:0) qarshi o‘rtoqlik bellashuvida shu taktikada harakat qilgandi. Ushbu sxemada himoya ancha ishonchli ko‘rindi, pressing va tezkor qarshi hujumlar samarasini berdi.
Qozog‘istonga qarshi o‘yinda oldingi chiziqdagi legionerlar — Eldor Shomurodov («Roma») va Hojimat Erkinov («Torpedo») birinchi bo‘limda boshqalardan ajralib turishdi. Hojimat tezkor va super goli bilan hisobni ochgan bo‘lsa, bo‘lim so‘ngida Shomurodov ajoyib finti bilan himoyachilarni ortda qoldirib hisobni mustahkamladi.
Ikkinchi bo‘lim ancha sokin o‘tdi. Mehmonlar raqib jarima maydonchasi ichiga kirishga, mezbonlar esa o‘rtacha tempni va nazoratni saqlashga e’tibor qaratishdi. Natija — 2:0.
Sovuqda o‘tgan mo‘’tadil derbidan olingan sara fotosuratlarni tomosha qiling.




























Boymirza Xalilov olgan suratlar
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
19:02 / 22.05.2025