O‘zbekiston | 07:45 / 23.11.2022
2422
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yo‘ldosh aloqa tizimlaridan foydalanish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi

O‘zbekiston hududida yo‘ldosh aloqa tizimlaridan foydalanishni tartibga solishni takomillashtirish maqsadida ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Qonun loyihasi mazmuni quyidagilardan iborat:

“Davlat boji to‘g‘risida” qonun ilovasi “Davlat boji stavkalari miqdorlari” 33-bandi yo‘ldosh aloqa tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xizmatlarini ko‘rsatish bilan to‘ldirilmoqda va ushbu faoliyat uchun davlat boji miqdorlari belgilanmoqda, jumladan:

  • trankli, radiotelefon, yo‘ldosh aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmatlar ko‘rsatish – BHM 135 baravari;
  • trankli, radiotelefon, yo‘ldosh aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish – BHM 10 baravari;
  • trankli, radiotelefon, yo‘ldosh aloqa tarmoqlarini qurish faoliyatini amalga oshirish – BHM 20 baravari;
  • trankli, radiotelefon, yo‘ldosh aloqa tarmoqlaridan foydalanish – BHM 30 baravari;
  • trankli, radiotelefon, yo‘ldosh aloqa tarmoqlariga xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish – BHM 80 baravari.

“Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida” qonun 1-ilova 32-pozitsiyasi 9-, 10-, 11-, 12-satrlari yo‘ldosh aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanish va xizmatlarini ko‘rsatish bilan to‘ldirilmoqda, jumladan:

  • ko‘chma radiotelefon (radiotelefon, trankli, yo‘ldosh) aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish;
  • ko‘chma radiotelefon (radiotelefon, trankli, yo‘ldosh) aloqa tarmoqlarini qurish;
  • ko‘chma radiotelefon (radiotelefon, trankli, yo‘ldosh) aloqa tarmoqlaridan foydalanish;
  • ko‘chma radiotelefon (radiotelefon, trankli, yo‘ldosh) aloqa tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish.

Qonun loyihasi qabul qilinishi orqali quyidagi asosiy maqsadlarga erishiladi:

  • O‘zbekiston hududida zamonaviy yo‘ldosh aloqa tizimlaridan foydalanish uchun ruxsat berish tartibi belgilanadi;
  • respublika hududiga yo‘ldosh aloqa tizimlari uskuna va terminallari qonuniy asosda olib kirish va foydalanishga imkoniyat yaratiladi;
  • yo‘ldosh aloqa tizimlarini qonuniy asosda tezkor-qidiruv tadbirlari tizimlariga ulanish masalalari huquqiy yechimini topadi;
  • respublikada global ko‘chma yo‘ldosh aloqa tarmoqlari xizmatlaridan (Starlink, Globalstar, OneWeb, Thuraya, Iridium, Inmarsat va boshqalar) qonuniy asosda, xavfsizlik talablarini bajargan holda foydalanish imkoniyatlari yaratiladi hamda ulardan noqonuniy foydalanishga ehtiyoj qolmaydi;
  • yo‘ldosh aloqa tizimlaridan uzoq va borish qiyin aholi maskanlarida, aholi yashamaydigan, chegara oldi hududlarda, favqulodda holatlarda foydalanishga shart-sharoitlar yaratiladi.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid