Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston fuqarolari Serbiya va Britaniyaga qishloq xo‘jaligidagi mavsumiy ishga jalb qilinadi
Toshkent shahrida «Mehnat migratsiyasi bo‘yicha xalqaro forum-2022» o‘z ishini boshladi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Forum ishtirokchilari kelgusida bozor talablariga asoslangan migratsiya siyosati, o‘zbekistonlik mehnat migrantlari malakasini oshirish, tashkiliy mehnat migratsiyasini tartibga solishga mo‘ljallangan boshqaruv tizimini shakllantirish, turli mamlakatlar salohiyatli ish beruvchilarini hamkorlikka jalb etish masalalarini muhokama qilyapti.
O‘zbekiston bandlik vaziri Nozim Husanov forumda ishtirok etib, bu borada tizimda olib borilayotgan ishlarga qisqacha to‘xtaldi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Mehnat vazirligi tizimida 17 ta «Ishga marhamat» monomarkazi, 56 ta kasb-hunarga o‘qitish markazi, 479 ta mahalla kasb-hunarga o‘qitish maskani tashkil etilgan. 2022 yil boshidan xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish istagida bo‘lgan 46,8 ming nafardan ortiq fuqaro kasb-hunar va chet tillariga o‘qishga jalb qilindi.
Qayd etilishicha, ilk bor xorijiy ish beruvchilar bilan O‘zbekiston fuqarolarini Yevropa davlatlariga, xususan, Serbiya va Buyuk Britaniyaga qishloq xo‘jaligi sohasidagi mavsumiy ishga, Germaniyaga turli sohalarga jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Anjuman doirasida «Eng yaxshi ish beruvchi» nominatsiyasi g‘oliblari e’lon qilinadi.
Mavzuga oid
20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilmagan taksi haydovchilari jarimaga tortiladi
18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
17:55 / 23.05.2025
Rossiyada migrantlarning ayrim farzandlari rus tili imtihonidan ozod qilindi
16:53 / 23.05.2025