Kiyevda aholini qisman ko‘chirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda
Ukraina poytaxtining ba’zi aholisi energetika inqirozi tufayli shahar chekkasiga, mehribonlik uylari, qariyalar uylariga joylashtirilishi mumkin.
Aholining ayrim guruhlari qishlash uchun Kiyevdan olib chiqilishi mumkin. Bu haqda Ukraina poytaxti meri Vitaliy Klichko Germaniyaning Bild nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu evakuatsiya emas.
«Biz ba’zi odamlarni Kiyev chekkasiga: mehribonlik uylari, qariyalar uylariga ko‘chirib o‘tish ehtimolini ko‘rib chiqmoqdamiz. Buni evakuatsiya deb bo‘lmaydi, lekin aholining ayrim guruhlarini vaqtinchalik ko‘chirish masalasini ko‘rib chiqyapmiz. Ammo hozir bu haqda gap yo‘q. Lekin biz turli ssenariylar ehtimolini inobatga olishimiz kerak», dedi u.
Klichko fuqarolarni qishki paytda elektr ta’minotidagi uzilishlarning «eng yomon ssenariysiga» tayyorlanishga chaqirdi.
Shuningdek, Kiyev meri Germaniyani Ukrainaga gumanitar yordam ko‘rsatishga, mudofaa uchun quroldan tashqari generatorlar, issiq kiyim va boshqa zarur narsalar bilan ta’minlashga chaqirdi.
23 noyabr kuni Rossiya Ukrainaning energetika obektlariga raketa zarbalarini berganidan so‘ng, mamlakatda energiya ta’minoti bilan bog‘liq jiddiy muammolar kelib chiqdi. Hujumdan keyin Kiyev suv ta’minotisiz qoldi, poytaxtning ko‘plab hududlari elektr energiyasidan uzildi.
24 noyabr holatiga ko‘ra, Kiyevdagi uy-joy fondining 70 foizi elektr ta’minotidan avariyali uzilish rejimida, ammo shaharning barcha tumanlarda suv ta’minoti tiklangan.
Mavzuga oid
20:12 / 22.11.2024
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17 / 22.11.2024
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12 / 22.11.2024
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024