O‘zbekiston | 13:03 / 30.11.2022
9289
1 daqiqa o‘qiladi

Qalin tuman Namangan aeroporti faoliyatini cheklab qo‘ydi

Namangan xalqaro aeroportida ko‘rinishning yomonligi (200 m) - qalin tuman tufayli reyslarni qabul qilish va jo‘natish vaqtincha cheklandi.

Foto: Uzbekistan Airports

Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, ikkita reys muqobil aerodromlarga yuborilgan.

Noqulay ob-havo sharoiti tufayli Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Krasnoyarsk — Namangan yo‘nalishi bo‘yicha HY9824 reysi mahalliy vaqt bilan soat 07:23 da Toshkent aeroportiga qo‘ngan. Ob-havo yaxshilanishi, yaqin vaqtda bilan Toshkentdan Namanganga, u yerdan esa Ufaga uchish kutilmoqda.

Red Wings aviakompaniyasining Yekaterinburgdan Namanganga uchayotgan WZ1127 reysi soat 09:47 da Farg‘onaga qo‘ngan.

HY9858/073 Ufa — Namangan — Buxoro (taxminiy kelish vaqti — 14:30), HY74/47 Buxoro — Namangan — Samarqand (kelish — 19:05), HY48 Samarqand — Namangan (kelish vaqti — 23:00) reyslari ham ob-havo sharoiti tufayli kechiktirilishi kutilmoqda.

Mavzuga oid