Kiyev atrofidagi qochqinlar shaharchasi va Baxmut mudofaasidagi jangchilar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 285-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya yana Ukraina hududi bo‘ylab raketa zarbalari yo‘lladi. Energetika infratuzilmasi shikastlangan, kamida ikki kishi halok bo‘lgan. Ukraina tomoni uchirilgan 70 raketadan 60 dan ortig‘i tutib qolinganini ma’lum qildi. Raketalardan biri Moldova hududiga tushgan (mahalliy nashrlarga ko‘ra, u ukrainlar havo hujumidan mudofaa tizimidan otilgan bo‘lishi mumkin). Hozircha Moldova hukumati bu borada batafsil ma’lumot bermadi;
- 5 dekabr tongida Rossiyaning Ryazan va Saratov oblastlaridagi aerodromlariga dronlar hujumi ro‘y berdi. RF mudofaa vazirligi bunda Ukrainani ayblagan. RF mudofaa vazirligi havo hujumidan mudofaa kuchlari dronlarni urib tushirganini aytdi, ammo quruqlikda uch harbiy xizmatchi halok bo‘lgan;
- BMT Ukraina aholisi orasidagi urush qurbonlari bo‘yicha yangi ma’lumotni tasdiq etdi: 24 fevraldan 4 dekabrga qadar 6702 kishi halok bo‘lib, 10479 kishi jarohatlangani rasman tasdiqlangan. Qurbonlar orasida 424 bola bor, 775 bola yaralangan.
- Vladimir Putin «mersedes»da Kerch bo‘g‘ozi bo‘ylab o‘tgan ko‘prikda harakatlandi. Ko‘prikda harakat 8 oktyabr kungi portlashdan keyin to‘xtab qolgandi.
Kiyevliklar raketa zarbalari chog‘ida metroga tushib yashirinmoqda
5 dekabr kuni rossiyalik harbiylar yana bir bor Ukrainaning muhim infratuzilma obektlarini o‘qqa tutishdi. Dushanba kuni kunduzi havo trevogasi mamlakatning deyarli barcha hududlarida, jumladan Kiyev shahri va Kiyev oblastida yangradi. Poytaxt meri Vitaliy Klichko sirenalar chalinayotgan mahalda ko‘plab kishilar metroda yashiringani haqida xabar qildi. Keyinroq Ukraina prezidenti ofisi rahbari o‘rinbosari Kirill Timoshenko Zaporijjya oblasti Novosofiyevka qishlog‘ida ikki kishi halok bo‘lganini tasdiqladi, Kiyevda qurbonlar bo‘lgani haqida ma’lum emas.
Ukraina bo‘ylab zarbalar oqibatlari
5 dekabr kungi yoppa raketa zarbalari vaqtida Cherkass, Zaporijjya, Kiyev, Vinnitsa, Odessa oblastlari, Xarkiv va Xerson shaharlarida portlashlar kuzatildi. Havo hujumidan ogohlantirish trevogasi e’lon qilingan va havo hujumidan mudofaa tizimlari ishga tushgan hududlarda elektr energiyasini avariyaviy uzish holatlari kuzatilgan. Bir qancha oblast markazlarida — Odessa, Jitomir va Mikolayivda — tok qisman o‘chgan. Odessada barcha nasos stansiyalari va suv ta’minotining zaxira liniyalari o‘chirilgan, oblast hududida — ikki infratuzilma obekti shikastlangan (aynan qaysilari ekaniga aniqlik kiritilmagan), bir kishi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatlari
«DXR» hukumatiga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari Donetskning Voroshilovsk va Kiyev rayonlariga to‘rtta raketa uchirgan. Zarba «Donetsk Siti» savdo markaz va «DXR» TIV binosi joylashgan hududga kelgan, tinch aholi vakillaridan to‘rt kishi halok bo‘lgan. Bundan tashqari, «LXR» «xalq militsiyasi» vakili Andrey Marochko Luhanskdan 42 kilometr masofadagi Alchevsk shahri o‘qqa tutilishi oqibatida o‘n kishi halok bo‘lganini xabar qilgan.
Kiyev atrofidagi qochqinlar shaharchasidagi hayot
Modul shaharchalar — harbiy harakatlar olib borilayotgan, shuningdek bosib olingan hududlardan ko‘chirib kelinganlar vaqtinchalik yashashi uchun binolar. Bunday shaharchalardan biri Kiyev yaqinidagi Borodyanka posyolkasida qurilgan. Uyini yo‘qotgan ukrainlar vaqtincha turar joylarda qanday yashayotgani quyidagi suratlarda.
Xerson oblastida eksgumatsiya va dafn marosimlari
Xerson oblastining ozod etilgan qismida Rossiyaning sakkiz oylik okkupatsiyasi chog‘ida halok bo‘lgan tinch aholi vakillari jasadlari aniqlanishi va qayta dafn etilishi davom etmoqda. Visokopilya posyolkasida (Xerson oblasti shimolida) yashovchi 67 yoshli Tamila Sergeyning erini rossiyaliklar o‘ldirishgan — uning jasadi endigina topildi va eksgumatsiya qilindi.
Baxmut atrofidagi ukrain jangchilari
Rossiyalik harbiylar Donetsk oblastidagi asosiy maqsadi bo‘lgan Baxmut shahrini egallash uchun urinishlarini davom ettirmoqda. RF qo‘shinlarining bu yo‘nalishdagi asosiy kuchlari «Vagner» guruhi jangchilari bo‘lmoqda. 4 dekabr kuni Baxmut atrofida Ukraina tomonida jang qilgan olti nafar gruzin ko‘ngillisi halok bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Quyida Ukraina qurolli kuchlari jangchilari front chizig‘ida qanday hayot kechirayotgani va Baxmutni qanday himoya qilayotgani suratlarda.
Mavzuga oid
09:12
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024
Rossiya «Rubej»ni ishga soldi. Bu raketa yadroviy kallakni ham olib ucha oladi
21:52 / 21.11.2024
Zalujniy: «Xush kelibsan, uchinchi jahon urushi»
16:43 / 21.11.2024