O‘zbekiston | 13:04 / 07.12.2022
6533
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya qurilish va yog‘och mahsulotlarini O‘zbekistonga arzon narxda yetkazib bermoqchi

O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Surxondaryo viloyati hokimi T.Bobolov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Tomsk viloyati va Oltoy o‘lkasiga xizmat safari tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Foto: Dunyo

Surxondaryo va Tomsk viloyatlari salohiyatli ishbilarmon va tadbirkorlari o‘rtasida V2V shaklidagi uchrashuvi o‘tkazildi. Uning doirasida yengil sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari to‘g‘ridan to‘g‘ri eksportini tashkil etish, Rossiya tomonidan neft va kimyo, qurilish va yog‘och mahsulotlarini O‘zbekistonga arzon narxlarda yetkazib berilishiga kelishib olindi.

Mamlakat delegatsiyasi a’zolari viloyatdagi sanoat korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mazkur korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni arzon narxlarda O‘zbekistonga yetkazib berilishi masalasi ko‘rib chiqildi.

Oltoy o‘lkasi Savdo-sanoat palatasida ikki hudud tadbirkorlari va ishbilarmonlari V2V shaklidagi uchrashuvi ham bo‘lib o‘tdi. Unda savdo-iqtisodiy yo‘nalishda hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari muhokama etilgani holda meva-sabzavot va yengil sanoat mahsulotlari eksporti, bug‘doy, o‘simlik yog‘i, yog‘och kabi mahsulotlar importi bo‘yicha ikki tomon tadbirkorlari o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib oldi.

Mavzuga oid