Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya gipertovushli qurollarni Rossiya chegarasi yaqinida joylashtiradi
Bu bilan hukumat mamlakat xavfsizligini kuchaytirmoqchi.
Yaponiya Rossiya chegarasidan 43 kilometr uzoqlikda joylashgan Hokkaydo orolida gipertovushli qurollarni joylashtirmoqchi. Bu haqda Yaponiyaning NHK telekanali xabar berdi.
«Yaponiya Mudofaa vazirligi yuqori tezlikda uchuvchi bombalar bilan qurollangan ikkita yangi harbiy qismni tashkil qilmoqchi. Ular 2026 yilgacha Hokkaydo prefekturasi va Kyusyu oroliga joylashtiriladi. Gap tovushdan tez uchadigan raketalar haqida bormoqda. An’anaviy raketalarga qaraganda ularni urib tushirish juda qiyin hisoblanadi. Raketalar 100 km masofaga ucha oladi, ammo kelajakda bu ko‘rsatkich yana oshirilishi mumkin», deyiladi xabarda.
Hokkaydo Yaponiya arxipelagining eng shimoliy oroli bo‘lib, Rossiyadan Laperuz bo‘g‘ozi orqali ajratilgan. Orol Saxalindan 43 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Avvalroq Yaponiya yaqin to‘rt yil ichida Qo‘shma Shtatlardan yangi turdagi qurollarni olishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘lgan edi. Hukumat bundan maqsad mamlakat xavfsizligini kuchaytirish ekanini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025