Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Frontdagi shifokorlar va Mariupoldagi hayot. Urush suratlari
Ukrainada urushning 291-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Odessada 10 dekabr kuni rossiyaliklar dronlari hujumlaridan keyin shikastlangan energetika obektlari va suv ta’minotini tiklash ishlari olib borildi. 11 dekabr kunining ikkinchi yarmida oblast harbiy ma’muriyati rahbari Maksim Marchenko elektrsiz qolgan iste’molchilar miqdori bir yarim million kishidan 300 minggacha tushirilgani haqida xabar qilgan.
- Kursk oblastida aholi «xavfsizligi va osoyishtaligini ta’minlash» uchun yanvar oyi oxirigacha mushaklar sotilishi va uchirilishi taqiqlandi.
- Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Vladimir Putin hamda Volodimir Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qildi. U ikki siyosatchi bilan ham «g‘alla yo‘lagi»dan boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hamda tovarlar tashishda ham foydalanish masalasini muhokama qilgan.
- Moskvadagi avtobuslardan fuqarolik evaziga RF armiyasida xizmat qilishga chorlangan o‘zbek, tojik va qirg‘iz tillaridagi e’lonlar olib tashlandi.
- Rossiya nashrlari va telegram-kanallarida RF qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov frontdagi muvaffaqiyatsizliklar uchun ishdan olinishi to‘g‘risida ma’lumot tarqaldi. RF mudofaa vazirligi esa Gerasimov o‘z lavozim majburiyatlarini bajarishda davom etayotgani, «uning iste’fosi uchun sabab yo‘qligi»ni ma’lum qildi.
Quyida 11 dekabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Donbassdagi harbiy hospitaldagi ukrain shifokorlari
RF mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shini Donbassda yurish qilishda davom etmoqda. Xususan, Rossiya Liman yo‘nalishida Ukraina qurolli kuchlari 65 kishini, Donetsk yo‘nalishida esa — 40 nafargacha harbiysini yo‘qotganini ma’lum qilgan. Shu bilan birga, Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi ukrain harbiylari Rossiya hujumlarini muvaffaqiyat bilan qaytarayotgani haqida ma’lumot bergan. Front chizig‘ida ukrain harbiylariga Ukrainada 2014 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan Birinchi ko‘ngilli mobil hospital xodimlari yordam ko‘rsatmoqda.





Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatlari
11 dekabr kuni Donetsk shahri markazi o‘qqa tutildi. Zarbalardan biri natijasida Kiyev rayonidagi «Mayak» bozorida va Voroshilov rayonidagi Universitet ko‘chasi atrofidagi gaz quvurida yong‘in chiqqan. Shuningdek bolalar shifoxonasi binosi shikastlangan. Jabrlanuvchilar haqida xabar berilmagan. «DXR» hukumati hujumda Ukraina qurolli kuchlarini ayblamoqda, Ukraina tomoni hodisa yuzasidan izoh bermagan. Denis Pushilin Donetsk o‘qqa tutilishi munosabati bilan raqib artilleriyasiga qarshi kurash kuchaytirilgani haqida ma’lum qilgan.






Mariupoldagi kundalik turmush
RF qo‘shini «Azovstal» kombinatini egallagan 16 mayga qadar Mariupolda harbiy harakatlar to‘xtamagandi. Shaharning qonuniy meri Vadim Boychenkoning ma’lumotiga ko‘ra, shaharda muhim infratuzilmalarning 90 foizdan ortig‘i shikastlangan, 11 mingdan ortiq uylar vayron bo‘lgan, janglar va okkupatsiya vaqtida esa shahar aholisidan kamida 22 ming kishi qurbon bo‘lgan. Quyidagi suratlarda Mariupolning bugungi kundagi holati aks etadi.





Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025