Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada bir hafta ichida 15 mingga yaqin sayt bloklandi
"Roskomsvoboda" ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan hafta davomida Rossiyada 14,8 mingta sayt bloklangan. Bloklashning avvalgi cho‘qqisi 2021 yil aprel oyida Aleksey Navalniyning ta’qib qilinishi fonida kuzatilgan edi.
5 dekabrdan 11 dekabrgacha bo‘lgan bir hafta davomida Rossiyada 14,8 mingta sayt bloklandi. Bu haqda 12 dekabr, dushanba kuni «Kommersant» nashri bloklangan internet-resurslar reyestridagi ma’lumotlar qaydini yurituvchi «Roskomsvoboda» inson huquqlari tashkiloti ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Shu bilan birga, 2,1 mingta saytga kirish (14 foiz) «nomi oshkor etilmagan idora» qarori bilan to‘xtatilgan», deyiladi nashr xabarida. «Ehtimol, bu Bosh prokuraturadir, chunki aynan u «to‘satdan» yuklamalardan g‘oyib bo‘lgan», — dedi «Roskomsvoboda» matbuot kotibi Natalya Malisheva. O‘tgan haftada bloklashning 60 foizi sud qarorlari bilan, yana 12 foizi Federal soliq xizmati talabiga binoan amalga oshirildi.
Muxolifatdagi siyosatchi Aleksey Navalniyning ta’qib qilinishiga qarshi norozilik namoyishlari chog‘ida bir hafta ichida 18,1 mingta resursga kirish yopilgan 2021 yil aprelidan beri Rossiyada bunday ommaviy bloklash holati kuzatilmagandi. Bunday qarorlarning yana bir cho‘qqisi 2018 yilning aprel oyida kuzatilgan: Telegram messenjerini bloklashga urinishlar fonida 13,4 mingta sahifaga kirish imkoni yopilgan.
«Roskomsvoboda» ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgacha, 2022 yil davomida Rossiya rasmiylari haftasiga 1,5 mingtadan 7 mingtagacha saytni bloklagan, bu borada o‘rtacha ko‘rsatkich 4,9 mingtani tashkil qiladi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025