Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga kompensatsiya to‘lanadi
Prezident qaroriga muvofiq labor-migration dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tgan, kasb-hunar yoki xorijiy tillarga o‘qigan va tashkillashtirilgan tarzda mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga kompensatsiya to‘lanadi.
Bunda kompensatsiya:
xorijiy tillar yoki kasb bo‘yicha malaka imtihonlarini topshirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun, ular muvaffaqiyatli topshirilganda – BHM 3 baravarigacha miqdorda (900 ming so‘m, 2022 yil 1 iyundan);
yo‘l chiptasini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun – BHM 2 baravarigacha miqdorda (600 ming so‘m, 2022 yil 1 iyundan);
rivojlangan davlatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirishga “ishchi viza”ni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun – BHM 5 baravarigacha miqdorda (1 mln 500 ming so‘mgacha, 2022 yil 1 iyundan) to‘lanadi.
Mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqaro labor-migration dasturiy majmuasi orqali masofaviy tarzda yoki bevosita Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va hududiy filiallariga ariza bilan murojaat qiladi. Ariza Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan 1 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
Mavzuga oid
20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilmagan taksi haydovchilari jarimaga tortiladi
18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
17:55 / 23.05.2025
Rossiyada migrantlarning ayrim farzandlari rus tili imtihonidan ozod qilindi
16:53 / 23.05.2025