Jahon | 18:42 / 24.12.2022
4910
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonda «Mamlakat madaniyati kodeksi» qabul qilindi

Shuningdek, «Fuqarolarda vatanparvarlikni tarbiyalash to‘g‘risidagi» qonun imzolandi.

Foto: Tojikiston davlat rahbari matbuot xizmati

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bir qator qonunlarni imzoladi. Ular orasida «Fuqarolarda vatanparvarlikni tarbiyalash to‘g‘risidagi» qonun va «Tojikiston Respublikasi Madaniyat Kodeksi» ham bor.

Qayd etilishicha, «Fuqarolarda vatanparvarlikni tarbiyalash to‘g‘risida»gi qonun fuqarolarni «Vatanga halol va fidokorona xizmat qilish, ko‘hna tarixdan g‘ururlanish, milliy ziyoratgohlarga ehtirom tuyg‘ulari, yurt erkinligi va farovon kelajagi yo‘lida tarbiyalashga» qaratilgan.

Shuningdek, Rahmon Madaniyat Kodeksini ham tasdiqladi. Hujjat zamonaviylik, jamiyat hayotining turli sohalaridagi o‘zgarishlar va taraqqiyot talablarini, kelgusidagi iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotni hisobga olgan holda ishlab chiqilgani va qabul qilingani aytildi.

 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid