Jahon | 19:29 / 24.12.2022
16339
6 daqiqa o‘qiladi

Mariupoldagi bombardimon qilingan teatr, Baxmutdagi yong‘inlar. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 303-kunidagi asosiy ma’lumotlar: 

  • Rossiyaliklar va belaruslar Bank of Georgia bankidagi o‘z hisoblari bloklangani haqida xabar ola boshlashdi.
  • AQSh baholariga ko‘ra, «Vagner» qamoqxonalarda yollangan 40 ming mahbusni frontga yuborgan.
  • Kiyevda elektr energiyasini tejash maqsadida trolleybuslar va tramvaylar harakati to‘xtatildi. Endi barcha jamoat transporti yo‘nalishlarida faqat avtobuslar qatnaydi.
  • AQSh Senati keyingi yil uchun budjetni ma’qulladi. U Ukrainadagi urush bilan bog‘liq xarajatlar uchun 45 milliard dollar ajratishni ko‘zda tutadi.
  • Mariupolda rossiyaliklar aviazarbasidan vayron bo‘lgan dramteatr «snos» qilinadi.
  • UYeFA urush boshidan buyon ilk bor Rossiyada turnir o‘tkazadi.
  • TASS manbasi Rossiya IIV Ukrainadagi bolalarni «cho‘ktirish» va «yoqish»ga chorlagan jurnalist Krasovskiyning so‘zlarida ekstremizm bor-yo‘qligini tekshiradi.

Quyida 23 dekabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Istilo ostidagi Mariupolda dramatik teatr binosi buzib tashlandi

Mariupol shahrining Ukraina tomonidan tayinlangan ma’muriyati xabar qilishicha, shaharning okkupatsion hukumati Drama teatri binosini buzib tashlamoqda. Urushning ilk davrida ko‘plab shaharliklar boshpana qilgan ushbu binoga 16 mart kuni rossiyaliklar aviabombasi tushgan (bu jurnalistlar va huquq himoyachilari tekshiruvlari orqali ham tasdiqlangan). Shu vaqtga qadar bu hodisa oqibatida qurbon bo‘lganlarning aniq soni ma’lum emas — Ukraina hukumati 300 nafar atrofida odam qurbon bo‘lganini aytadi, bu esa bu voqeani urushdagi eng ko‘p kishi qurbon bo‘lgan holatga aylantiradi. Rossiya hukumati bu hodisaga qandaydir aloqasi borligini rad etad etadi.

Drama teatri binosi frontonida (bino fasadining uchburchak shaklidagi tomchasi bo‘lgan tepa qismi) sovet ishchilari va dehqonlari aks etgan haykaltaroshlik kompozitsiyasi. Foto: AP / Scanpix / LETA
Okkupatsiya hukumati teatrni 2024 yil oxiriga qadar tiklashni rejalashtirmoqda
Nikolay Trishin / TASS
Nikolay Trishin / TASS
Nikolay Trishin / TASS

Limandagi hayot

 

Donetsk oblastidagi Liman shahrida yashovchi kishi janglar vaqtida vayron bo‘lgan uyida. May oyida shahar Rossiya armiyasi tomonidan bosib olingandi. Ukraina qurolli kuchlari kuzdagi qarshi hujum davomida uni ozod etdi.
Sameer Al-Doumy / AFP / Scanpix / LETA

 

Liman aholisi vakili uyini isitishda foydalanish uchun o‘tin to‘plamoqda.
Sameer Al-Doumy / AFP / Scanpix / LETA
Limanda vayron bo‘lgan yana bir uy. Ukraina tomoniga ko‘ra, Rossiya qo‘shini shahardan ketgach, bu yerni o‘qqa tutmoqda
Sameer Al-Doumy / AFP / Scanpix / LETA

Xerson oblastining Aleksandrovka qishlog‘idagi vayrongarchiliklar 

Xerson oblasti shimolidagi Aleksandrovka qishlog‘idagi turar joy. Noyabr oyida yetti oylik okkupatsiyadan keyin Aleksandrovka Ukraina nazoratiga qaytgandi.
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Aleksandrovkada yashovchi ayol o‘z uyini yig‘ishtirmoqda. Bu qishloq Dnepr ko‘rfazi bo‘yida joylashgan. Qishloq ustidan nazorat o‘rnatish uchun janglar, Ukraina tomoniga ko‘ra, aprel oyi davomida olib borilgan. Bu janglardan keyin qishloqda birorta butun turar joy binosi qolmagan, yashovchilarning aksar qismi bu yerni tark etgan.
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Aleksandrovkadagi madaniyat uyi atrofida itlarini sayr qildirayotgan kishi
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Aleksandrovkada vayron bo‘lgan qishloq
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA

Baxmutda ishlayotgan o‘t o‘chiruvchilar

Baxmutda (Donetsk oblasti) shu kunlarda eng og‘ir janglar ketmoqda, uning ishtirokchilari bu janglarga allaqachon «Baxmut go‘shtqiymalagichi» nomini bergan. Yakunlangan haftada Baxmutga Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy tashrif buyurdi. U shahar mudofaasi ishtirokchilarini taqdirladi.

Bu fotosuratda ukrainalik o‘t o‘chiruvchilar rossiyaliklarning zarbalari oqibatida chiqqan yong‘inni o‘chirish uchun suv yig‘moqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Shahar uchun to‘xtovsiz janglarga qaramay, Baxmutda tinch aholi vakillari yashashda davom etmoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Baxmutda yonayotgan bino
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Kramatorsk o‘qqa tutilishi oqibatlari 

Donetsk oblastining Kramatorsk shahrida rossiyaliklar zarbasidan keyingi vaziyat. Ukraina hukumati vakillariga ko‘ra, rossiyaliklarning raketalaridan biri maktab-internat binosiga, boshqasi — shahardagi korxona hududiga tushgan. Qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.
Sameer Al-Doumy / AFP / Scanpix / LETA
Kramatorsk aholisi vakili otishma vaqtida shikastlangan kvartirasidan deraza siniqlarini chiqarib tashlamoqda
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid