Podolyak: Rossiyadagi portlashlar - Moskva nazorat qila olmaydigan jarayon
Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixaylo Podolyakning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya harbiy xizmatchilariga tegishli barcha narsalarni faqat Ukrainaning xalqaro tan olingan hududlarida yo‘q qilyapti, chunki ukrainalik harbiylar bunga qonuniy huquqqa ega.

Mixaylo Podolyak / Foto: president.gov.ua
Biroq, u Rossiyadagi harbiy obektlarda sodir bo‘layotgan hamma narsani urush oqibatlari va jarayonlar ustidan nazoratni yo‘qotish deb atadi.
«Sabotajlar, noma’lum portlashlar, muhim obektlarda, jumladan Engels va Dyagilevodagi yong‘inlar soni doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Bu holatlar o‘ylab topilmayapti. Ular Rossiya tomonidan nazorat qilinmaydi. Bu vertikal boshqaruvning yo‘qolganidan dalolat beradi», - deya Podolyak «24-kanal»ga bergan intervyusida 26 dekabrga o‘tar kechasi Rossiyaning Engels shahrida sodir bo‘lgan portlashlarga izoh berdi.
Shuningdek, u Rossiya Federatsiyasi bugungi kunda texnologik davlat emasligini, sanksiyalar tufayli zarur ehtiyot qismlarni sotib olish imkoniyatiga ega emasligini, xorijlik ekspertlar esa yordam berishdan bosh tortishini qayd etdi.
Mavzuga oid

19:35 / 02.05.2025
Bloomberg: Tramp jamoasi Rossiyaga iqtisodiy bosimlarni kuchaytirish variantlarini tayyorladi

22:09 / 01.05.2025
Tramp bilan muzokaralar boshlanganidan keyin rossiyalik milliarderlar 15 mlrd dollarga boyidi

17:33 / 01.05.2025
Ukraina Rossiya bilan urushni tugatish uchun 22 ta shartga rozi – Kellog

14:30 / 01.05.2025