Jahon | 15:02 / 11.01.2023
3524
1 daqiqa o‘qiladi

Kanada Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimini sotib olib beradi

Kanada Ukrainaga topshirish uchun AQShdan NASAMS (National Advanced Surface-to-Air Missile System) havo hujumidan mudofaa tizimini sotib oladi. Bu haqda Kanada mudofaa vaziri Anita Anand Twitter'da ma’lum qildi. 

Foto: Reuters

Uning so‘zlariga ko‘ra, u Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov bilan telefon orqali muloqot qilgan va u hozirda havo hujumidan mudofaa tizimlari o‘z mamlakati uchun ustuvor vazifa ekanini tasdiqlagan.

Bundan oldin Kanada hukumati sanksiyaga uchragan rossiyalik milliarder Roman Abramovichga tegishli Granite Capital Holdings Ltd kompaniyasining 26 million dollarlik aktivlarini xatlash va musodara qilish jarayoni boshlanganini e’lon qilgandi. 

Bu Kanada birinchi marta sanksiya ostidagi shaxslarga tegishli aktivlarni musodara qilish uchun yangi vakolatlaridan foydalanishidir. Bundan tashqari, Kanada bunday choralarni qo‘llagan birinchi G7 davlatiga aylandi.

Agar davlat foydasiga musodara qilish sud tomonidan ma’qullansa, olingan mablag‘ Ukrainani tiklash va Rossiya bosqinidan jabrlanganlarga tovon to‘lash uchun ishlatilishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid