Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiya bosh vaziri Rossiyaning Dniprodagi zarbasini urush jinoyati deb atadi
Yevropa Ittifoqiga raislik qiluvchi Shvetsiya Dniproga raketa hujumi kabi urush jinoyatlari uchun javobgarlar jazolanishiga va’da berdi. «Ukraina taqdiri - Yevropaning taqdiri», deb ta’kidladi Shvetsiya bosh vaziri.
Yevropa Ittifoqiga raislik qilayotgan Shvetsiya Rossiyaning Dniproga raketa hujumiga munosabat bildirdi. «Ushbu dahshatli hujum natijasida begunoh tinch aholi, jumladan, bolalar halok bo‘ldi va yaralandi. Shuning uchun men aniq aytaman: tinch aholiga qasddan hujum qilish urush jinoyatidir. Urush jinoyatlari uchun mas’ullar javobgarlikka tortiladi», - dedi Shvetsiya bosh vaziri Ulf-Yalmar Kristersson 16 yanvar, dushanba kuni Stokholmda Yevropa Ittifoqi kengashi prezidenti Sharl Mishel bilan qo‘shma matbuot anjumanida.
Shvetsiya hukumati rahbari Yevropa Ittifoqi va Shvetsiya zarur bo‘lgan vaqt davomida Ukrainaga keng ko‘lamli yordam ko‘rsatishda davom etishini ta’kidladi. «Ukrainaning g‘alabasi Yevropa uchun ekzistensial masala, - deya ta’kidladi u. - Ukraina taqdiri - Yevropaning taqdiri». Yevropani xavfsizroq qit’aga aylantirish uchun, birinchi navbatda, Ukrainani harbiy, iqtisodiy va gumanitar jihatdan qo‘llab-quvvatlash zarur, deydi Kristersson. «Shvetsiya raisligi uchun bundan muhimroq vazifa bo‘lishi mumkin emas», — deya xulosa qildi u.
Rossiyaning Ukrainaga keng miqyosli bosqinining bir yilligi yaqinlashar ekan, Yevropa Ittifoqi yanada mustahkam va birdam bo‘lib bormoqda, dedi Sharl Mishel. Uning fikricha, «Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi Ikkinchi jahon urushidan keyin Yevropa va dunyo uchun eng jiddiy tahdiddir». YeI kengashi rahbari Yevropa Ittifoqi va uning davlatlari allaqachon Ukrainaga umumiy qiymati 50 milliard yevroga yaqin yordam ko‘rsatganini eslatib, bu yordam tugamasligiga ishontirdi. U Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish yo‘lidagi muvaffaqiyatiga ishora qildi.
14 yanvar kuni Rossiyaning Dnipro shahriga raketa hujumi oqibatida 40 kishi, jumladan, uch bola halok bo‘ldi. Kamida 75 kishi jarohatlangan. Hammasi bo‘lib, yuzdan ortiq odam tirik qoldi, 39 kishi Rossiya raketasi kelib urilgan to‘qqiz qavatli turar joy vayronalari ostidan qutqarildi. Qutqaruv ishlari davom etmoqda, deb xabar berdi shahar rasmiylari.
Mavzuga oid
20:17 / 25.05.2025
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
00:42 / 13.05.2025
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
21:20 / 10.05.2025
Shvetsiya elektromobillarni quvvatlantiradigan yo‘llarni quradi
22:46 / 03.05.2025