Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zaro sayyohlar oqimini oshirishga doir «Yo‘l xaritasi» imzoladi
Turkiy davlatlar tashkiloti kotibiyati, O‘zbekiston Madaniyat va turizm vazirligi hamda Qozog‘iston Madaniyat va sport vazirligi o‘rtasida uch tomonlama «Yo‘l xaritasi» imzolandi.
«Yo‘l xaritasi»da ikki davlat o‘rtasida sayyohlar oqimini oshiruvchi sayohat dasturlari ishlab chiqish, turistik kompaniyalar axborot almashuvini yo‘lga qo‘yish belgilangan. Shu bilan birga, mamlakatlarning turistik salohiyatini ko‘rsatuvchi ma’lumotlarni tizimli ravishda maxsus ziyorat turizmi platformasiga joylashtirib borish, sayyohlar uchun chegara o‘tkazish nuqtalarida qulaylik yaratish, Turkiston – Toshkent yo‘nalishida avtobus qatnovi sonini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.
Onlayn tarzda o‘tkazilgan uchrashuvda mamlakat turizm sohasi vakillari 2023 yil oktabr oyida Qozog‘istonda o‘tkaziladigan TDTga a’zo va kuzatuvchi mamlakatlarning navbatdagi yig‘ilishiga taklif qilindi. Madaniyat va turizm vazirligi TDT kotibiyatining a’zo va kuzatuvchi davlatlar orasida madaniyat va turizmni rivojlantirishga qaratilgan barcha loyihalarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
2022 yil mamlakatga kelgan sayyohlarning 57 foizi Turkiya, Ozarboyjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston hissasiga to‘g‘ri keladi. Ularning 30 foizi Qozog‘istondan.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
08:50 / 22.05.2025